Kontent qismiga oʻtish

Klavesin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Klavesin, chembalo [fransuzcha: clavecin, italyancha: cembalo, lotincha: clavicymbalum — klavishli simbala (changeimon musiqa cholgʻusi) soʻzidan]— klavishli torli-tirnama musiqa cholgʻusi. XVI asrdan maʼlum. Hozirgi fortepiano (royal)ning oʻtmishdoshi. Klavishlar bosilishi natijasida torlari pat yoki teridan ishlangan mizroblar yordamida tirnaladi, natijada jarangdor, ammo kuchsiz, dinamikasp deyarli oʻzgarmaydigan tovush hosil qilinadi. XVII—XVIII asrlar davomida K.ning shakl qiyofasi hamda klaviaturalar soni oʻzgargan, pay torlari sim torlar bilan almashtirilgan, diapazoni 5 oktavagacha kengaygan, vyordjinel, spinet, klavitsiterium kabi turlari vujudga kelgan. Bunday K.lar uchun I. S. Bax, U. Byord, G. Gendel, D. Skarlatti, F. Koʻperen, J. Ramo kabi kompo-zitorlar yuksak badiiy asarlar yaratishgan, Angliya, Fransiya, Italiya K. maktablari yuzaga kelgan. XVIII asr oxiridan K. oʻrnini fortepiano egalladi. Lekin XX asr boshidan K. hamda aynan uning uchun muljallangan musiqaga yana qiziqish tugʻilib, u baʼzi cholgʻu ansambl hamda orkestrlar (mas, "Turkiston" kamer orkestri) tarkibiga kiritildi[1].